Azizbek Abdug‘ofurovning menejeri hamyurtimizga oid voqeylikni sir tutmoqda

  • 10 dekabr, 2020, 11:23
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Ikkinchi o‘rta vazn (76,2 kg) toifasida faoliyat yuritayotgan WBC Silver kamari sohibi Azizbek Abdug‘ofurov Buyuk Britaniyaning "Queensberry Promotion" kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan edi. Biroq yurtdoshimiz ushbu shartnomani bekor qilishni so‘ragan va bu borada rasmiy tasdiqni kutyapti. Biz ushbu masala yuzasidan uning menejeri Vikram Svapragasamni fikrlari bilan qiziqdik.

Tecno

- Biz "Queensberry Promotion"dan shartnomani bekor qilishni so‘radik va uning natijasini kutib turibmiz. Koronavirus tufayli, Buyuk Britaniyada janglar o‘tkazishni umuman imkoni bo‘lmadi. Unga janglar tashkil qilish va mashg‘ulotlar o‘tkazishi uchun AQShga olib bormoqchimiz. Menda boshqa promouterlik kompaniyalaridan takliflar bor. Biroq buni hozir oshkor qila olmayman. Sababi, hali "Queensberry Promotion"dan rasman ozod qilingan xatni olmadik. Barchasi biz o‘ylagandek bo‘lganidan so‘ng, ma’lum qilamiz. O‘ylaymanki, hammasi yaxshi ko‘rinish oladi, - dedi Vikram Svapragasam.

Eslatib o‘tamiz, Azizbek Abdug‘ofurov professional ringda 13 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. Ularning 5 tasida raqiblarini nokautga uchrata olgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!