Azizbek Turg‘unboevning diskvalifikatsiyasi tugadi. U bugun "Navbahor" mashg‘ulotlariga qo‘shiladimi?

  • 9 iyul, 2019, 11:56
  • Bekzod Isayev
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Azizbek Turg‘unboev bir necha oy avval tranfser mashmashasi bois 9 iyulgacha futbolga aloqador har qanday faoliyatdan chetlatilgandi. Bugun 9 iyul va uning diskvalifikatsiyasi yakunlandi.

Tecno

Hozir ko‘pchilikni Turg‘unboev qaysi klubga borib qo‘shilishi qiziqtirmoqda. Bir necha kun avval SPORTS.uz sayti orqali Azizbek Turg‘unboev "Navbahor"ga qaytmoqchi ekanligi, aynan "lochinlar" safida yana faoliyatini davom ettirmoqchiligini ma’lum qilgandik.

Buni qarang-ki, kecha "Navbahor" klubi matbuot xizmati "Turg‘unboevning diskvalifikatsiyasi ertaga yakunlanadi" nomli xabar chop etdi. Unda erkin agent maqomidagi Turg‘unboevning 2-davrani “Navbahor” tarkibida o‘tkazishi ehtimoli yuqoriligi ma’lum qilindi. Bundan ko‘rinib turibdiki, futbolchi namanganliklar safini to‘ldiradi.

O‘z navbatida, futbolchi uchun kurashgan "Paxtakor" hozircha hech qanday reaktsiya bildirmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
inesta
09/07/2019 19:42
Uzbek futbolini ushlap turgan kublardan biri navbahor olga lochinlar
&
Ilxomjon
09/07/2019 14:12
Nima uchun Navbaxor mavzusiga oid fikrlarga minus bosyapsizlar saytda boshqa jamoa komentida umuman komentariya yuq bu Navbaxorni kura olmaydiganlarni ishi bulsa kerak
&
SKIPPER
09/07/2019 12:05
NAVBAXORNI SHOV SHULI TRANSFERLAR KUTMOQDA BIZ SPORTS.UZ BILAN BIRGA BARXAM KORAMIZ
&
SKIPPER
09/07/2019 12:04
RASMAN AZIZBEK TURGUNBOYEV NAVBAXOR JAMOASI BILAN BUGUN TOSHKENTKA MASHG'ULOT QILISH UCHUN BIRGA JONAP KETTI
&
Barcamania_2016
09/07/2019 12:00
Қайтиш омадли келсин! Олға "Навбаҳор"!!!
&
Zohidjon Saydullayev
09/07/2019 15:38
Aziz ko'proq o'z ustida ishlashi kerak. Shunda u terma darajasiga chiqadi.