Azizjon G‘aniev: “Nasaf”ning g‘alabasiga Xavimi yoki boshqasi halaqit qila olmaydi

  • 5 mart, 2018, 20:43
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, bugun OChL-2018 guruh bosqichidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Al Sadd” bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda qarshiliklar 1:0 hisobida zafar quchishdi. Bellashuvda g‘alaba keltiruvchi gol muallifi Azizjon G‘aniev bo‘ldi. O‘yindan so‘ng Azizjon G‘aniev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

- Avvalambor hammaga katta rahmat, muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Biz ushbu uchrashuvga kuchli tayyorgarlik ko‘rgandik, shu sababdan g‘alabaga haqli edik deb o‘ylayman. Shuni aytishim lozimki, jamoadoshlarim bilan maydonda birdam bo‘lib harakat qildik.

Uchrashuvga Xavi kelishini muxlislar, albatta, kutgan edi. Lekin bizning jamoaga Xavimi, boshqa futbolchi halaqit bera olmaydi. G‘alabaga hissamni qo‘shganimdan xursandman.

Bundan oldin “Nasaf” Qatar jamoalari ustidan g‘alaba qozonomagandi. Ushbu g‘alaba bilan biz tarix yaratdik, - dedi G‘aniev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!