BAA chempionati. Shukurov va Mozgovoy asosiy tarkibda maydonga tushgan o‘yinda "Baniyas" yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
BAA chempionatining 12-turidan o‘rin olgan bahsda "Al-Vahda" o‘z maydonida "Baniyas" jamoasini 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
Ushbu uchrashuvda mehmonlar safida O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari Otbek Shukurov va Akmal Mozgovoy asosiy tarkibda maydonga tushdi. Otbek Shukurov 70-daqiqada zahiraga olingan bo‘lsa, Akmal Mozgovoy o‘yinni to‘liq 90 daqiqa davomida o‘tkazdi.
Ma’lumot uchun, ayni paytda "Baniyas" jamoasi 7 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 12-pog‘onada bormoqda.
- Birlashgan Arab Amirliklari - UAE Pro League
- Joriy Mavsum
Al Vahda
- Omar Khribin 12'
- Omar Khribin 18'
- Omar Khribin 45'
Tugadi
3
:
0
06.01.2026 20:45
Fikrlar