BAA. "Sharja" chempionlikni boy berishi mumkin

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Hamyurtimiz Otabek Shukurov faoliyat olib boradigan "Sharja" klubi bu tur "Al Vasl" maydoniga safar uyushtirdi va 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa "Sharja" hisobidagi ochkolar soni 53  taligicha qoldi va turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda.

Chempionat bahslari yakunlanishiga ikki tur qolganida sharjaliklar eng yaqin ta’qibchi - "Al Ahli"ni 3 ochkoga ortda qoldirmoqda va kelgusi g‘alaba ularni muddatidan oldin chempion qilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda Otabek Shukurov jarohatini davolatish bilan mashg‘ul.

BAA Pro-ligasi. 24-tur

"Al Vasl" - "Sharja" 3:2.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!