
Babayan va’dasi, muxlislar isyoni? "Navbahor"da nimalar bo‘lyapti?
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, bugun "Navbahor" klubida katta majlis bo‘lib o‘tgan. Unda, jamoa rahbarlari, futbolchilar, muxlislar va jamoaga befarq bo‘lmagan insonlar ishtirok etgan.
E’tiborli tomoni shundaki, majlis davomida Samvel Babayan ilk turlarda uchralgan 2 mag‘lubiyatga qaramay, yakunda chempionlik poygasida "lochinlar"ni g‘olib chiqishini va’da qilgani aytilmoqda.
Eng qizig‘i shundaki, Professional futbol klubi bo‘lishiga qaramay, "Navbahor" muxlislar bosimiga reaktsiya bildirishda davom etmoqda. Bosh murabbiyning bergan va’dasidan so‘ng ham, ayni damada, majlisning ikkinchi qismi boshlangani haqida ma’lumotlar bor.
Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz. Bizdan uzoqlashmang!
Fikrlar