Babayan yangi jamoasidagi ilk rasmiy o‘yinini qachon o‘tkazadi?
Xitoyda futbol bo‘yicha milliy chempionat qachondan boshlanadi? Oldinroq esa birinchilik bahslariga aprelda start berilishini aytishdi, keyinchalik esa iyun oyining oxirlari yoki iyul oyining boshlariga ko‘chirishganligini ma’lum qilishgandi.
Ammo, aftidan ushbu muddatlarda ham chempionat boshlanmasligi sezilib turibdi. Ushbu masala bo‘yicha hozirda “Changchun Yatay” klubiga bosh murabbiylik qilayotgan hamyurtimiz Samvel Babayan bilan bog‘langanimizda Xitoy chempionatiga iyul oyining oxirlarida ruxsat berilishini aytdi. Ayni paytda u o‘z jamoasi bilan yangi mavsumga qizg‘in tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Fikrlar