Asosiy mazmunga oʻtish

Badiiy gimnastika. Vakillarimiz ilk bor jahon chempionatida shohsupaga ko‘tarilishdi

Ruminiyadan xushxabar!

7-9 iyul kunlari Ruminiyaning Kluj-Napoka shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Qiziqarli bellashuvlar yakunida Anastasiya Sarantseva halqa, Mishel Nesterova tasmadagi mashqlarda shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarildi. Qayd etish joiz, bu badiiy gimnastika bo‘yicha jahon chempionatlari tarixida o‘zbekistonlik sportchilarning birinchi sovrindorlar qatoridan joy olishi bo‘ldi.

Halqa
1. Tal Franko (Isroil)
2. Amaliya Lika (Ruminiya)
3. Anastasiya Sarantseva (O‘zbekiston)

Tasma
1. Liliana Levinska (Polsha)
2. Nikol Todorova (Bolgariya)
3. Mishel Nesterova (O‘zbekiston)

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q