Bahodir Jalolovning keyingi raqibi va jang sanasi ma’lum

  • 31.10.2025 10:31
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Lift promousheni bizga super boks oqshomini taqdim etmoqchi.

14 noyabr kuni soat 18:00 da, Toshkent shahridagi "Humo Arena" majmuasida "Lift Promotions" kompaniyasi tomonidan professional boks kechasi tashkil etiladi.

Unda hamyurtlarimiz - Shahram G‘iyosov, Lazizbek Mullajonov va A’loxon Abdullaev bilan bir qatorda, boshqa davlat vakillari ham ishtirok etishi rejalashtirilgan. 

Shuningdek, mazkur kechada yana bir taniqli bokschimiz Bahodir Jalolov (16-0, 14 KO) nigeriyalik Solomon Adebayo(14-0, 13 KO)ga qarshi ringga ko‘tariladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!