
Bahodir Jalolovning raqibi aniq bo‘ldi, Elnur Abduraimov ham ushbu kechada ringga ko‘tariladi. Janglarni qanday tomosha qilish mumkin?
Professional boksning superog‘ir vazn toifasida faoliyatini olib borayotgan hamyurtimiz Bahodir Jalolov (6-0, 6KO) o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Meksikada tashkil etilayotgan boks oqshomida unga Uilfredo Lil (10-17-3, 8KO) raqiblik qiladi.
Aynan shu kechada boshqa bir hamyurtimiz engil vazn toifasida (61 kilogramm) Elnur Abduraimov (5-0, 5KO) Abraxam Olivaga (4-0, 3KO) qarshi bahslashadi.
Jang kechasini Toshkent vaqti bilan 13 dekabr tonggi soat 04:00 dan, 08:00 ga qadar "Cachenilla Promotions" Facebook sahifasida jonli translyatsiyani ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar