Bahrayn-2025. 5 nafar hayurtimiz yarim finalga yo‘l oldi

  • 27.10.2025 13:31
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Bahrayn davlatining Manama shahrida o‘smirlar o‘rtasidagi III yoshlar Osiyo o‘yinlari kompleks musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.

Kuni kecha boks bo‘yicha chorak final bosqichi boshlandi. Unda ringga ko‘tarilgan 6 nafar hamyurtimizning 5 tasi g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi.

-50 kg: Nazokat Mardonova — Maral Tolepbergen (Qozog‘iston) 5:0;
-54 kg: Qumriniso Muhammadova — Vu Chieh-Ju (Xitoy Taypeyi) 5:0;
-60 kg: Rushanabonu Isoeva — Indira Kidirmoldaeva (Qozog‘iston) texnik nokaut;
-66 kg: Ulbosin Jalgasbaeva — Nannaphat Mungpingklang (Tailand) 5:0;
+80 kg: Mavjuda Abdusaidova — Anshika (Hindiston) 2:3;
-46 kg: Abdug‘ani Yorqinjonov — Abdurahim Ovezguliev (Turkmaniston) 5:0.

Bugun yana bir nechta yigitlarimiz chorak final janglarida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!