Bahrayn-2025. Dzyudochilarimizning musobaqani 14 ta medal bilan yakunladi!
Bahrayn davlatida o‘tkazilayotgan yoshlar o‘rtasidagi III Yoshlar Osiyo o‘yinlarining ikkkinchi kungi bellashuvlari O‘zbekiston delegatsiyasi qatori dzyudochilarimiz uchun ham omadli keldi.
Quvonarlisi shundaki, kecha tatamiga chiqqan dzyudochilarimizning bari shohsupaga ko‘tarildi. Ular 5 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi. Ikki kunlik bellashuvlarda 7 ta oltin, 4 ta kumush, 3 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldik.
Bu tarixiy natija evaziga, ya’ni medallar jamg‘arish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi dzyudo bahslarida umumjamoa hisobida mutlaq birinchi o‘rinni egalladi.
Barcha g‘olib va sovrindorlarimiz:
Oltin medallar:
-40 kg: Dilafro‘z Boltaboeva
-55 kg: Abubakr Sattorov
-57 kg: Gulsanam Hazratova
-73 kg: Mirzohid Xudoyqulov
-81 kg: Samandar Sunnatov
-90 kg: Jo‘rabek Eshpo‘latov
+90 kg: Alibek Durdiev
Kumush medallar:
-44 kg: Alina Kolyucheva
-60 kg: Davlat Axrorov
-70 kg: Shohista To‘raeva
+70 kg: Xonzodabegim Usmonqulova
Bronza medallar:
-50 kg: Shohjahon Usmonov
-52 kg: Zuhra Alimova
-63 kg: Maftuna Ahmedova
Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Fikrlar