
Bahrom Haydarov: "Ilk daqiqadagi gol uchrashuv taqdirini o‘zgartirib yubordi"
Superliganing 12-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" - "Mash’al" (0:4) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov uchrashuv haqida fikr bildirdi.
"Bugungi natija uchun muxlislardan uzr so‘rayman. Ilk daqiqadagi gol uchrashuv taqdirini o‘zgartirib yubordi. Jamoam birinchi bo‘limda gol urish uchun ko‘plab vaziyatlarga ega bo‘ldi. Afsuski, bugun bizning kun emas ekan. Ikkinchi bo‘limni ham hujumkor boshladik. Ammo ikkinchi gol barchasini o‘zgartirib yubordi. Yana bir bor bugungi uchrashuvdagi natija uchun jamoam va murabbiylar shtabi nomidan uzr so‘rayman", - dedi Haydarov.
Fikrlar