Bahrom Haydarov: "Qizilqum"ga qarshi o‘ynash juda qiyin"

  • 13.09.2025 23:41
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Superliganing 21-turida “Qo‘qon-1912” o‘z uyida “Qizilqum”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. O‘yindan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov matbuot anjumanida qatnashdi.

- Birinchi navbatda og‘ir g‘alaba bilan jamoamiz muxlislarini, rahbariyatni tabriklayman. “Qizilqum”ga qarshi o‘ynash juda qiyin. Oxirgi paytlarda barqaror, tashkilotchilik tomonidan ham yaxshi o‘yin ko‘rsatyapti. Bunga qo‘shimcha ravishda individual mahorati kuchli futbolchilari bor. O‘ylaymanki, mana shunday jamoa ustidan g‘alaba qozonganimizdan xursandman.

Birinchi bo‘limga kelsak, teng kurashlar ostida o‘tdi. Bizga biroz shamol qarshilik ko‘rsatdi. Bilasizlar, Qo‘qonda shamol bo‘lib turadi. To‘pni oldinga etkazib berishda qiynaldik. Birinchi taymda uzun paslar bilan himoyani yorib o‘tishni rejalashtirgandik. Afsuski, ob-havo o‘yinimizni buzib qo‘ydi. Bu Xudoning ishi. Bahona bo‘lmasligi kerak.

Teng o‘yin bo‘ldi. Ularda ham yutib ketishi uchun vaziyatlar bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda imkoniyatdan unumli foydalandik. Tengma-teng o‘yin bo‘ldi, kim gol ursa o‘sha jamoa yutib ketadigan o‘yin bo‘ldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!