Balde: Qaror hakam tomonidan qabul qilindi

  • 18.02.2025 11:31
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Aleks Balde "Rayo Valekano" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

La Liga 24-turi doirasida "Barselona" 1:0 hisobida zafar quchdi. Bellashuvdagi yagona gol Inigo Martinesga jarima maydoni ichida ishlatilgan foldan so‘ng penaltidan kiritildi. 

"Biz bu muhim o‘yinligini bilardik. Sababi, jadvalda peshqadam bo‘lib olishimiz mumkin edi. Men jamoaning o‘yinidan va gol o‘tkazib yubormaganimdan juda xursandman. 

Himoyani mustahkam ushlashimiz kerak edi. Bugun biz ajoyib ish namoyish qildik. 

Men penalti belgilangan epizodni yaxshi ko‘ra olmadim. Menimcha, penalti aniq belgilanishi kerak edi. Qaror hakam tomonidan qabul qilindi. 

Bugun biroz qiynaldik, ammo asosiysi uch ochko", - dedi "Barselona" himoyachisi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!