Balotelli kelasi mavsum “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishiga ishonmoqda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiyaning “Nitstsa” klubi forvardi Mario Balotelli kelasi mavsumda “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishiga ishonishi haqida gapirib o‘tdi.

“Ronaldu va Messiga o‘xshagani boshqa yo‘q. Ammo, mavsumni yaxshi va jarohatlarsiz o‘tkaza olsam,  “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishim mumkin”, - deydi italiyalik hujumchi Gazzetta Dello Sport nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Balotelli ushbu mavsumda bir necha bor jarohat oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!