“Barsa”, “Real”, “Siti”, “Yuve” va “Milan” mashhur futbolchining o‘g‘lini talashmoqda

  • 6 noyabr, 2020, 10:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya milliy terma jamoasi safida jahon chempioni bo‘lgan Lilian Tyuramning o‘g‘li Markus bugungi kunda Evropaning grand jamoalari nishonida turibdi.

Tecno

Myonxengladbaxning “Borussiya”si uchun o‘z iste’dodini namoyish qilib kelayotgan Markus Tyuramni ushlab qolish imkonsiz. Chunki, 23 yoshli hujumchini anchadan buyon “Barselona”, “Yuventus” va “Manchester Siti” o‘z safiga chorlamoqda.

Endi bu klublar qatoriga “Real” va “Milan” ham qo‘shildi.  

Borussiya” bu futbolchini 2019 yilning yozida “Gengam”dan 8 million evroga olib kelgan edi. O‘tgan mavsumda Markus barcha turnirlarda 39 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasiga 14 ta gol urdi va to‘qqizta golli pas uzatdi.

Yangi mavsumda Chempionlar ligasida “Real” darvozasini ikki marta aniq nishonga olganidan keyin Tyuramning xaridorlari yanada ko‘paydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!