“Barsa” Aguero o‘rniga zo‘r hujumchi topdi

  • 22 noyabr, 2021, 12:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Barselona”ga yozda erkin agent sifatida kelgan Serxio Aguero yuragidagi muammo tufayli futbolchilik faoliyatini davom ettira olmaydi. Kataloniya klubi argentinalik futbolchi o‘rniga boshqa hujumchi qidirmoqda.

Ayni paytda “Barselona”ga “Arsenal” hujumchisi Aleksandr Lyakazett nomzodi maq’ul kelmoqda. “Kanonirlar” bir necha o‘yinchisi qatorida frantsiyalik to‘purarni ham jamoadan ketishiga qarshi emas.

Biroq, ispaniyaliklar bu forvard uchun kurashishiga to‘g‘ri keladi. Lyakazettga Angliyaning o‘zidan “Manchester Siti” va “Nyukasl”, shuningdek, Italiyadan “Inter” xaridor bo‘lmoqda.

Lyakazett joriy mavsumda Angliya premer-ligasida ettita uchrashuvda maydonga tushib bitta gol urgan xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!