Asosiy mazmunga oʻtish

"Barsa" Angliyadan qimmatbaho oʻyinchi topdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Qimmati zo'r bo‘ladi

«Aston Villa» jamoasi yarim himoyachisi Yoxan Manzambi «Barselona» skautlari diqqat markaziga tushdi.

Sport nashri yozishicha, Kataloniya klubi vakillari jahon chempionatida o‘zini yorqin namoyon etgan 21 yoshli futbolchi o‘yinlarini yaqinidan kuzatmoqda. «Barselona» yozgi transfer oynasida iqtidorli yarim himoyachini olib kelish imkoniyatini o‘rganayotgani aytilmoqda. 

Biroq bitimning asosiy to‘siği – Manzambining transfer narxi bo‘lishi mumkin: «Aston Villa» joriy yil iyul oyida uni «Frayburg»dan 60 million yevro evaziga sotib olgan va endi tabiiyki, ancha yuqori miqdor so‘rashi kutilmoqda.

Shu boisdan, taxminlarga ko‘ra, «Barselona» Manzambi uchun kurashga faqat o‘z tarkibidan kimnidir sotib, jiddiy mablag‘ ishlab olgan taqdirdagina qo‘shila oladi. Shveytsariya terma jamoasi a’zosiga «Bavariya» klubi ham qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q