
“Barsa” bosh bilan zo‘r o‘ynaydigan futbolchini Germaniyadan topdi
“Barselona” yozgi transferlar oynasi yopilguniga qadar yana bitta transferni amalga oshirishga harakat qiladi.
Bosh murabbiy Xans-Diter Flikka bosh bilan yaxshi o‘ynay oladigan himoyachi kerak. Kataloniya klubi skautlari ana shunday o‘yinchini Germaniya chempioni “Bayer” safidan topdi.
Ispan grandi tez orada Jonatan Tani o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. “Bayer” tajribali himoyachi bilan xayrlashishga tayyor. Avvalroq, Tani “Bavariya” o‘ziga chorladi, biroq muzokaralar oxiriga etmay qoldi.
Leverkuzenliklar o‘yinchini 40 million evroga baholayapti. “Barselona” bu transferga 20 million ajratib, Bundesliga chempionining himmat qilishini kutyapti. Ular Taning shartnomasi shu mavsum oxirida yakunlashini inobatga olib, “Bayer” taklifga ko‘nadi, degan umidda.
Bundan tashqari, “Barselona” Jonatan Tani olish uchun tarkibidagi o‘yinchilardan birini qo‘yib yuborishi kerak. Sport direktori Deku Erik Garsiyani “Jirona”ga o‘tkazish harakatini boshlab yubordi.
Fikrlar