
“Barsa” bu futbolchi uchun Messini qaytarishdan voz kechdi
“Barselona” rahbariyati PSJda o‘ynayotgan Lionel Messini ortga qaytarish fikridan voz kechdi va ular argentinalik yulduz o‘rniga boshqa hujumkor o‘yinchini ko‘zlamoqda, deb xabar tarqatdi El Nacional nashri.
Manbaning ta’kidlashicha, “Barselona” direktorlar kengashida Messini qaytarish yoki uning o‘rniga yosh futbolchini olish masalasi ko‘p bora muhokama qilingan.
Boshida klub prezidenti Joan Laporta argentinalik yulduzni qaytarish tarafdori bo‘lgan. Lekin qolgan direktorlar rahbarni “Manchester Siti” vakili Bernardu Silvani olishga ko‘ndirgani aytilmoqda.
Messi 2005-2021 yillar davomida “Barselona”da to‘p tepib, etti marotaba “Oltin to‘p” sohibi bo‘lgan. Moliyaviy muammolar ortidan 35 yoshli hujumchi o‘tgan yili PSJga keldi. Uning parijliklar bilan shartnomasi mavsum oxirida tugaydi.
Fikrlar