
"Barsa" bu ikki futbolchini sotuvga qo‘yadi
"Barselona" qishda yangi xaridlarni amalga oshirishi uchun o‘z futbolchilarini sotishi lozim. Bu haqda "Cadena SER" nashri xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, "ko‘k-anorranglilar" Kleman Langle va Serjino Destni sotuvga qo‘yadi. Shuningdek, kataloniyaliklar Ronald Arauxo, Mark-Andre Ter Shtegen va Frenki De Yong kabi futbolchilarni jamoada qoldirishga qaror qildi.
Eslatib o‘tamiz, "Barsa" tarkibni kuchaytirish maqsadida, Ferran Torres, Raxim Sterling, Dani Olmo kabi futbolchilardan birini o‘z safiga qo‘shib olishi haqida xabarlar chiqayotgandi.
Fikrlar