“Barsa”: Bu katta xarajatga arziyadigan oʻyinchi emas

  • 11.03.2026 08:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona” prezidenti Joan Laporta Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Julian Alvaresga bo‘lgan qiziqish haqida fikr bildirdi.

- Julian Alvares  juda yaxshi futbolchi va aytishlaricha, u Barselona tizimiga va o‘yin uslubiga juda mos tushadi.

Biroq u uchun ulkan mablag‘ sarflashga arziydigan futbolchi emas. Avvalo u bizning jamoaga o‘tishga tayyor ekanini ko‘rsatishi kerak.

Shuningdek, transfer narxi ham maqbul bo‘lishi lozim, - dedi Laporta.

Joriy mavsumda Alvares barcha musobaqalarda 40 ta o‘yinda ishtirok etib, 14 ta gol urgan va oltita golli uzatmani amalga oshirgan.

Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 100 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!