
“Barsa” tekinga kelgan o‘yinchidan mo‘may daromad ko‘rmoqchi
“Barselona” rahbariyati o‘tgan yili yozda “Lion” bilan shartnomasi tugagan Memfis Depayni erkin agent sifatida tekinga qo‘lga kiritgan edi.
Niderlandiyalik to‘purar Kataloniyaga avvalgi bosh murabbiy Ronald Kuman taklifi bilan kelgan. Xavi esa unga o‘zi tuzayotgan tarkibdan joy bermoqchi emas.
Klub mutasaddilari vaziyatdan Memfis Depayni sotib chiqmoqchi. Yozda 28 yoshli o‘yinchini transfer qilmoqchi bo‘lgan klublar 20 million evro miqdorida badal puli to‘lashi kerak bo‘ladi.
Depayga Angliya, Germaniya va Frantsiya chempionatlaridan chorlov bo‘lyapti.
Memfis bu mavsumda “Barselona” safida barcha turnirlarda 39 ta uchrashuv o‘tkazib, 13 ta gol va bir juft assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar