
“Barsa” Diasni emas, Salohni oladigan bo‘lyapti. Qaror nega o‘zgardi?
“Barselona” yozgi transferlar davrida tarkibda jiddiy o‘zgarishlar qilishni rejalashtirmoqda.
Footmercato nashriga ko‘ra, kataloniyaliklar hujum chizig‘iga “Liverpul”ning ikki vakili – Luis Dias va Muhammad Salohdan biri taklif qilmoqchi.
Klub sport direktori Deku bu o‘ringa Luis Diasni tanlagan edi. Portugaliyalik mutaxassis Dias “Barselona” o‘yin uslubiga to‘liq mos tushadi, degan xulosaga kelgan.
Biroq keyingi paytda tanlov Muhammad Saloh tomoniga og‘moqda. Bu klubning moliyaviy ahvoli bilan bog‘liq. Misrlik yulduzning yozda erkin agentga aylanishi kataloniyaliklarga uni bepul qo‘lga kiritish imkonini beradi.
Manbaning ta’kidlashicha, “Barselona” har ikki o‘yinchini birdaniga jamoaga olib kelolmaydi va shuning uchun ulardan birini tanlashi talab etiladi.
Fikrlar