“Barsa” eng tez yuguradigan himoyachini olmoqchi

  • 13.01.2026 08:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” 2026 yilning yozida jamoaning himoya chizig'ini qayta tashkil qilishni mo'ljallagan. Ana shu maqsadda kataloniyaliklar skautlari jamoa mos yangi ijrochilarni qidiryapti.

Sport.es saytining yozishicha, “Barselona” Angliya Premier-ligasida o'ynayotgan “Tottenxem”ning niderlandiyalik legioneri Mikki van de Venni transferlar ro'yxatiga kiritdi.

Zamonaviy futbolda eng tezkor himoyachilardan hisoblangan Mikki yozda Londonni tark etishni istayapti. “Tottenxem” esa, 24 yoshli futbolchisini Angliyadan tashqaridagi klublarga sotishni rejalashtirgan.

Mikki van de Ven 2023 yildan beri “Tottenxem”da o'ynab keladi. Joriy mavsumda u 27 ta o'yinda qatnashib, himoyadagi vazifalarini uddalashdan tashqari, 6 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifi bo'ldi. Uning transfer bozoridagi narxi 65 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!