
“Barsa” eng zo‘r futbolchisi bilan xayrlashishga tayyorlanyapti
“Barselona” klubi mutasaddilari hujumkor futbolchi Usmon Dembele o‘rniga boshqa o‘yinchi qidira boshladi.
Frantsiyalik futbolchi o‘tgan yozda klub bilan yangi shartnoma tuzgandi. Biroq, unga katta grandlardan ko‘p taklif bo‘lyapti. Dembelening bitimida uni olmoqchi bo‘lgan klub 50 million evro to‘lashi belgilangan.
Har qanday katta klub uchun bu u qadar katta xarajat emas.
Xavi Ernandes jamoaning asosiy o‘yinchisi o‘rnini “Vilyarreal” vakili Nikolas Jekson bilan to‘ldirishga tayyor.
21 yoshli Jeksonning “Vilyarreal” bilan kelishuvi mavsum oxirida tugaydi. Kataloniyaliklar yanvar oyida u bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishib olmoqchi.
Fikrlar