
“Barsa” Fatidan zo‘r vunderkind topdi
“Barselona” muxlislari yosh hujumchi Ansu Fatining o‘yinidan hayratlanayotgan bir paytda kataloniyaliklar skautlari yangi vunderkind topdi.
“Valensiya” safida debyutini o‘tkazgan 17 yoshli Yunus Musa ko‘plab grandlar qatori “Barselona”ning ham nishoniga tushdi. Angliyalik yarim himoyachi joriy mavsumda La Ligada ettita o‘yinda maydonga tushib, gollari hisobini ochishga ham erishdi.
Ayni paytda Yunus Musaga “Barselona”dan tashqari, “Real”, “Borussiya D”, va “Liverpul” ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Kataloniyaliklar Musani qishki transferlar vaqtida to‘liq sotib olmoqchi.
Fikrlar