“Barsa” futbolchi tanladi

  • 29.03.2021 17:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida “Valensiya” qanot himoyachisi Xose Gayyani sotib olishga harakat qiladi.

Kataloniya klubi prezidenti bu transferni bir necha kuch muqaddam “Barselona” sport direktori etib tayinlangan Mateu Alemani orqali amalga oshirmoqchi. Chunki Alemani “Valensiya”da bir necha yil samarali faoliyat yuritgan.

Bundan tashqari, Mateu Alemani “Barselona”ga valensiyaliklarning yana bir futbolchisi Fabio Blankoni ham olib o‘tmoqchi. Bu yosh futbolchining o‘z tengqurlari o‘rtasida salohiyatida juda katta hisoblanadi.

“Valensiya”ning moliyaviy ahvoli inqirozga yuz tutganini inobatga olib, bu transferlarni amalga oshirish kataloniyaliklarga hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!