
“Barsa” futbolchiga chiqish eshigini ko‘rsatdi
“Barselona” kelasi mavsum ham markaziy himoyachi Kleman Langle xizmatidan foydalanmaydigan bo‘ldi.
29 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumni “Aston Villa”da o‘tkazib, ijaradan qaytgan edi. Biroq Kataloniya klubi mutasaddilari unga o‘ziga tezroq boshqa jamoa topishi kerakligini uqtirishdi. Bu haqda Ispaniyaning Sport nashri xabar berdi.
Shunga qaramay, Langle “Barselona”ning mavsumoldi yig‘inlarida ishtirok etaveradi. Bir paytning o‘zida agentlari unga yangi jamoa izlaydi.
Frantsiyalik legioner “Nansi” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2017 yili uni “Sevilya” o‘z safiga qo‘shib olgan. Bir mavsumdan keyin “Barselona” 36 million evroga yaqin mablag‘ to‘lab, Langleni transfer qildi.
Langle anchadan beri kataloniyaliklarning asosiy tarkibiga kira olmayapti. U so‘nggi ikki mavsumni “Tottenxem” va “Aston Villa”da ijarada o‘tkazdi.
Fikrlar