
"Barsa" futbolchisi hayajonda ekanligi yashirmadi
"Barselona" himoyachisi Jyul Kunde Kataloniya klubining Chempionlar ligasi guruhidan chiqish imkoniyatlarini baholadi.
"C" guruhida "Barsa" "Bavariya", "Inter" va "Viktoriya" bilan kuch sinashadi.
“Bizda guruhdan chiqish uchun ajoyib imkoniyat borligini bilamiz. Ammo kvartetdan yaxshi jamoalar o‘rin olgani uchun juda raqobatli va qiyin uchrashuvlar bo‘lishi kutilmoqda. Men hayajondaman, chunki oldinda muhim bellashuvlar kutib turibdi.
Bizda ko‘plab iqtidorli futbolchilardan iborat yaxshi jamoa bor va ishonamanki, raqiblar uchun ko‘p xavf tug‘dira olamiz. Ko‘plab jamoalar bizning imkoniyatimizni yuqori baholab, o‘yinga muhim tayyorgarlik ko‘rayotganiga shubha yo‘q. Buni his qilyapmiz”, - deya futbolchining so‘zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.
Fikrlar