Asosiy mazmunga oʻtish

"Barsa" himoyachisini Angliyaga chaqirishyapti

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Yaxshi takliflar bor

«Barselona»ning yosh markaziy himoyachisi Xavi Espart Angliya premyer-ligasi jamoalarining diqqat markazida qolmoqda. Insayder Ekrem Konur tarqatgan ma’lumotlarga koʻra, 19 yoshli ispan futbolchisini Londonning ikki klubi — «Arsenal» va «Tottenxem» kuzatib bormoqda. Ushbu jamoalar himoya chizigʻini kuchaytirish variantlaridan biri sifatida Espart nomzodini koʻrib chiqmoqda.

Shu bilan birga, Espartni qoʻlga kiritish oson kechmasligi aytilmoqda. «Barselona» rahbariyati yosh himoyachini 100 million yevro atrofida baholamoqda va undan kam miqdorga futbolchini qoʻyib yuborish niyati yoʻq. Qolaversa, yaqinda Espart klub bilan shartnomasini uzaytirib, 2030 yil iyun oyi oxirigacha «Barselona» sharafini himoya qilishga kelishib olgan.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga koʻra, hozircha futbolchining bozor qiymati 25 million yevroni tashkil etmoqda. Klublar oʻrtasida rasmiy muzokaralar hali boshlanmagan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q