"Barsa" ikki kunda ikki futbolchi transferini e’lon qiladi

"Barselona" chorshanba kuni "Milan" futbolchisi Frank Kesseni o‘z futbolchisi sifatida tanishtiradi. Ertasi kuni esa klub "Chelsi" himoyachisi Andreas Kristensen bilan tanishtiruv marosimini o‘tkazadi. 

Bu haqda jamoa prezidenti Joan Laporta xabar berdi. Ikkala futbolchi ham erkin agent sifatida "ko‘k-anorranglilar" safiga ko‘chib o‘tadi.

Ma’lumot o‘rnida, Kesse o‘tgan mavsum "Milan" tarkibida A Seriyaning 31 o‘yinida 6 gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Kristensen "Chelsi" safida APLning 19 uchrashuvida ishtirok etgan. Biroq himoyachi birorta samarali harakat amalga oshirmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!