
“Barsa” jamoaga yaqinlashtirmay kelgan futbolchi bir urinishda bosh murabbiy fikrini o‘zgartirdi
“Barselona” 2018 yili “Sevilya”dan transfer qilingan frantsiyalik himoyachi Kleman Langlega keyingi yillarda asosiy tarkibda o‘zini ko‘rsatish imkonini bermay kelayotgan edi.
29 yoshli futbolchi shu paytga qadar “Tottenxem” va “Aston Villa”da ijarada o‘ynab yurdi. Garchi klub rahbariyati yaqingacha uni sotib yuborish fikrini bildirayotgan bo‘lsa-da, endi Langle o‘zi kutgan imkoniyatga ega bo‘ladi.
Jamoaning yangi bosh murabbiy Xans-Diter Flikka Kleman Langlening himoyachi sifatidagi mahorati ma’qul kelgan. Germaniyalik mutaxassis yangi mavsumda uning tajribasidan foydalanish uchun jamoada olib qolishga qaror qildi.
Mundo Deportivo nashrining yozishicha, Xansi Flik Langleni “Manchester Siti”ga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvidagi o‘yinini yuqori baholadi.
Klemanga “Atletiko”, “Real Sosedad” va Saudiya Arabistoni klublari xaridor bo‘layotgan edi. Uning kataloniyaliklar bilan bitimi yana ikki yil davom etishi belgilangan.
Fikrlar