
“Barsa”: Levandovski o‘rniga 11 futbolchi
“Barselona” 35 yoshli hujumchi Robert Levandovski o‘rniga boshqah hujumchi qidirmoqda.
Diario Sport nashrining ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar 11 nafar futbolchidan iborat ro‘yxat tuzdi va ular ichidan eng maqbuli va transferini amalga oshirish qulayini tanlab oladi.
Manbaning ta’kidlashicha, nomzodlar orasida hozirgi jamoasida o‘zini ko‘rsata olmagan forvardlar ham, to‘purarlik mahoratini namoyish qilib kelayotgan o‘yinchilar ham.
Demak, “Barselona” mutasaddilari taklif etiladigan futbolchilar ro‘yxatiga kuchli beshlik chempionatlari jamoalari – “Manchester Yunayted”dan Antoni Marsyal, “Jirona”dan Artyom Dovbik, “Brayton”dan Evan Fergyuson, “Borussiya”dan Yussuf Mukoko, “Bayer”dan Viktor Bonifase, “Shtutgart”dan Seru Girassi, “Aston Villa”dan Olli Uotkins, “Lill”dan Jonatan Devid va “Napoli”dan Viktor Osimxenni kiritdi.
Shuningdek, Xavi Ernandes nishonida “Portu” to‘purari Mehdi Taremi ham o‘rin olgan.
Fikrlar