“Barsa” mag‘lubiyatdan keyin xato qilgan mashhur himoyachini sotib yuboradigan bo‘ldi

  • 06.10.2025 11:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ispaniya chempionatining sakkizinchi turida amaldagi chempion “Barselona” safarda “Sevilya”ga yirik hisobda imkoniyatni boy berdi va musobaqa jadvalida “Real”dan o‘zib keta olmadi.

Kataloniyaliklar o‘tkazgan gollarda markaziy himoyachisi Ronald Arauxoning ham aybi bor. Endi klub mutasaddilari urugvaylik futbolchini imkon qadar tezroq sotib yuborishga qaror qildi.

Fichajes nashrining ma’lum qilishicha, “Barselona” 26 yoshli himoyachi uchun 40 million evro taklif qilgan klub bilan transfer bo‘yicha muzokaralarni boshlashga tayyorligini bildirgan.

Arauxoga qiziqish bildirayotgan da’vogarlar orasida “Yuventus”, “Liverpul”, “Tottenxem” va “Chelsi”kabi qudratli klublar bor.

Ronald Arauxoning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning 30 iyuniga qadar davom  etishi belgilab qo‘yilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!