Asosiy mazmunga oʻtish

“Barsa” mashhur futbolchisidan voz kechadigan bo‘ldi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Endi u Flikka kerak emas

“Barselona” rahbariyati jamoaning fransiyalik legioneri Jyul Kundening klubdan ketishiga to‘sqinlik qilmoqchi emas, aksincha uning transferini qo‘llab-quvvatlaydi.

O‘ng qanot himoyachisi faoliyatini Angliya Premier-ligasida davom ettirish imkoniyatini o‘rganib chiqyapti.

Bu haqida Topskills Sports UK nashri xabar berdi. Manbaga ko‘ra, “Barselona” fransuz futbolchisini yozgi transfer oynasida sotishga qaror qilgan.

Futbolchi uchun asosiy da’vogar Londonning “Chelsi” klubi bo‘lib turibdi. Londonliklar tajribali himoyachiga ega bo‘lish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqchi. Biroq APLning boshqa  klublari ham Kunde atrofidagi vaziyatni kuzatib, transfer imkoniyatini chamalab bormoqda.

Joriy mavsumda Kunde barcha musobaqalarda 41 ta o‘yin o‘tkazdi va himoyadagi vazifalarini uddalashdan tashqari, uchta gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, 27 yoshli himoyachining bozor qiymati 65 million evroni tashkil qiladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q