“Barsa” Niko Uilyamsni antiqa shartnoma bilan jamoaga o‘tishga ko‘ndirdi

  • 25 iyul, 2024, 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” mutasaddilari Evropa chempionati qahramonlaridan Niko Uilyamsni Kataloniya klubiga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirdi.

Tecno

Jurnalist Aaron Domingesning ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar “Atletik” hujumchisiga o‘ziga xos shartnoma taklif qilgan. Unga ko‘ra, futbolchining maoshi mavsumdan mavsumga o‘sib boradi.

Bu bitim Niko Uilyamsni qoniqtirgani va tomonlar og‘zaki kelishuvga erishgani aytilmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “Barselona” Uilyams transferi uchun talab qilinayotgan 60 million evroni tayyorlab qo‘ygan.

Biroq klub mutasaddilari o‘yinchini olib kelishdan oldin yangi o‘yinchilarni qaydnomadan o‘tkazish bo‘yicha vujudga kelgan muammolarni hal qilishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!