"Barsa" prezidenti: Messi qolmoqchi edi...

  • 6 avgust, 2021, 15:33
  • Javokhir Azimov
  • 0
CHERY AUTO

"Barselona" prezidenti Joan Laporta Messining klubdan ketishiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ishtiroq etdi va quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

Tecno

"Messi qolmoqchi edi. Men shunday og‘ir sharoitda oylab muzokara olib borgan barchaga minnatdorchilik bildiraman. Buni ma’lum vaqt ichida amalga oshirish kerak edi, chunki Messining boshqa takliflari ham bo‘lgandi. Bundan tashqari, moliyaviy feyr-pley qoidalarini ham esdan chiqarish mumkin emas.

- Barchasi o‘zgarishiga umid bormi?

"Yolg‘on umid bermoqchi emasman. Futbolchilarimzda boshqa takliflar bor va bizda vaqt chegaralangan. Agar moliyaviy feyr-pley o‘zgarmasa, o‘yinchi o‘z taqdirini o‘zi hal etishi lozim. 

Bizning birinchi kelishuvimiz 5 yillik to‘lovlar va 2 yillik shartnoma edi. Messi buni amalga oshirish uchun har tomonlama yordam berishga tayyor bo‘lgan. Biz barchasini hal etmoqchi bo‘ldik, biroq moliyaviy feyr-pley to‘sqinlik qildi",-dedi Laporta.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!