“Barsa” prezidenti Messining o‘rnini bosadigan superto‘purar uchun kurashni boshladi

  • 21 mart, 2021, 20:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning yangi prezidenti Joan Laporta “Borussiya” hujumchisi Erling Xoland transferi bo‘yicha ish boshladi. U futbolchining manfaatlarini himoya qilayotgan mutaxassislarga qo‘ng‘iroq qildi.

Laporta norvegiyalik hujumchini olish uchun bir necha variantlarni qo‘llamoqchi. Xususan, Filippe Koutin, Antuan Grizmann va yana bir necha futbolchini sotib, ularning transferidan keladigan mablag‘ni Xolandga sarflashni ko‘zlayapti.

Bundan tashqari, klubdagi maoshlarni kesish orqali tejaladigan pulni ham mazkur transferga yo‘naltirish imkoni bor. Chunki, “Barselona” 2020 yil yakunlariga ko‘ra, o‘z futbolchilariga dunyo bo‘yicha eng ko‘p – har bir o‘yinchiga o‘rtacha 12,28 million evro maosh to‘lagan.

Ronald Kuman Xolandning transferi bo‘yicha o‘z fikrini sir tutmoqda. Niderlandiyalik murabbiy jamoa hujumida o‘z hamyurti Memfis Depayni o‘ynatmoqchi. Biroq, Laporta o‘ziga yoqadigan futbolchini olishda bosh murabbiyning fikrini so‘ramaydigan rahbarlar toifasiga kiradi.

Erling Xolandning o‘zi “Real”da to‘p tepishga moyillik bildirgan. Biroq, “Qirollik klubi”da ham uning xarajatlarini ko‘tarishga etarli pul yo‘q.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!