“Barsa” prezidentiga aylansam, shu “nusxa”ni birinchi yo‘qotaman!

  • 09.02.2026 06:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona” prezidentligiga nomzod Viktor Font saylovda g‘alaba qozongan taqdirda kataloniyaliklarning amaldagi sport direktori Deku bilan hamkorlikni to‘xtatish niyati borligini ma’lum qildi.

Shuningdek, u jamoa bosh murabbiyi Hans-Diter Flikni klubda saqlab qolish istagini bildirdi.

- Deku mening sport direktorim bo‘lmaydi. Biz Hansi Flik uchun eng mos keladigan tuzilmani barpo qilamiz. Biz uning nomini oshkor qila olmaymiz, chunki uning amaldagi shartnomasi bor, - dedi Font.

Avvalroq xabar qilinganikdek, agar klubning amaldagi prezident Joan Laporta o‘z lavozimiga qayta saylanmasa, Flik “Barselona” bilan shartnomani uzaytirmasligi mumkin.

“Barselona” klubida prezidentlik saylovlari 15 mart kuni bo‘lib o‘tadi, yangi rahbar esa 1 iyul kuni lavozimiga kirishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!