
"Barsa" qaytdi! Klub 4 yildan so‘ng yana ChL chorak finaliga yo‘l oldi
Ushbu mavsumgi Chempionlar ligasi "Barselona" uchun omadli o‘tmoqda. Klub ikki yildan keyin nimchorak finalida o‘ynadi. 1/8 bosqichda Xavi shogirdlari "Napoli" to‘sig‘idan o‘tib, chorak finalga ham yo‘l oldi.
Kataloniyaliklar dastlabki o‘yinda durang natija qayd etgan bo‘lsa, javob uchrashuvida 3:1 hisobida zafar quchib, nimchorak finalidan o‘tib oldi.
"Barselona" so‘nggi marta bundan 4 yil oldin 1/4 bosqichida o‘ynagan. O‘shanda ham jamoa "Napoli"ni taslim qilib, ChL chorak finaliga chiqqandi. Ammo Kike Seten qo‘l ostidagi klub "Bavariya"ga 8:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etgan.
Fikrlar