“Barsa” qiyin transferga qo‘l urmoqda

  • 17.09.2021 23:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” skautlari “Manchester Siti” markaziy himoyachisi Emerik Laportning o‘yinlarini va atrofidagi vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda.

Kataloniyaliklar yozda 27 yoshli futbolchining transferi borasida “shaharliklar” bilan muzokara olib borgan edi. Biroq, tomonlar transfer summasi borasida kelisha olmadi.

O‘tgan mavsumda murabbiylar ishonchini oqlay olmagan Emerik Laport yangi chempionatda juda yaxshi o‘ynay boshladi. Xosep Gvardiola ham tajribali himoyachi borasidagi fikrini o‘zgartirdi. Agar ispaniyalik murabbiy o‘z hamyurtiga ishonch bildirishda davom etsa, “Barsa” bu transferdan quruq qolishi mumkin.

“Manchester Siti” Emerik Laport bilan 2025 yilning yarmigacha shartnomaga ega.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!