“Barsa”, “Real”, “Atletiko” manfaatlari bir futbolchida to‘qnashdi
Zoʻr oʻyinchi eʼtibordan chetda qolmaydi
Niderlandiya chempionatida porlayotgan “AZ Alkmaar” jamoasi yarim himoyachisi Kes Smit Ispaniya La Ligasi grandlarining transfer qiziqishlari ro‘yxatidan joy oldi.
Jurnalist Xose Feliks Diasning xabar berishicha, 20 yoshli futbolchi uchun “katta uchlik”ning barcha vakillari – “Barselona”, “Real” va “Atletiko” da’vogar qilmoqda.
Biroq transfer bu yozda amalga oshishi ehtimoli kam: madridliklar tarkibni to‘liq shakllangan deb hisoblab, futbolchilar ketmagan taqdirda hech kimni sotib olishni rejalashtirmayapti; “ko‘k-anorranglilar” esa butun e’tiborini Rodri transferiga qaratgan; “matraschilar” esa 40 million yevro to‘lab, Morten Yul’manni sotib olgan holda yarim himoya chizig‘ini allaqachon kuchaytirdi.
Transfermarkt versiyasiga ko‘ra, Kes Smitning bozor bahosi 25 million yevroni tashkil etadi, ammo “AZ Alkmaar” undan ancha ko‘proq, ya’ni 60 million yevro so‘rayotgani ham transferga to‘sqinlik qiladi. Niderlandiyalik futbolchining shartnomasi 2028 yilda yakunlanadi.
Izohlar (0)