Asosiy mazmunga oʻtish

"Barsa" "Real"ga qarshi to‘qnashuv oldidan muhim futbolchidan ayrildi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Katta yo‘qotish

«Barselona» hujumkor yarimhimoyachisi Dani Olmo «PSJ»ga qarshi Chempionlar ligasi oʻyinida (2:4) jarohat oldi.

28 yoshli futbolchi Parijda «sine-granatovyy» jamoa asosiy tarkibida maydonga tushdi. Biroq uchrashuvning 27-daqiqasida bosh murabbiy Hans-Diter Flik uni majburiy ravishda Fermin Lopesga almashtirdi. Cadena SER tarqatgan maʼlumotlarga koʻra, Olmo yaqinlashayotgan «Real»ga qarshi oʻyingacha toʻliq tiklanishga ulgurmaydi va «Barselona» «El Klassiko»ni undansiz oʻtkazishga majbur boʻladi.

Katta toʻqnashuv – «El Klassiko» yakshanba kuni «Kamp Nou» stadionida La Liganing oʻninchi turi doirasida boʻlib oʻtadi. Uchrashuv boshlanishi Moskva vaqti bilan soat 23:00ga belgilangan.

Dani Olmo joriy mavsumda «Barselona» safida 12 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q