“Barsa” Reşford o‘rniga ikkitasini topib qo‘ydi

  • 17.03.2026 04:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” hujumchi Markus Reşfordni jamoa tarkibida saqlab qolmoqchi va uning kelajagi bo‘yicha “Manchester Yunayted” bilan muzokaralar olib bormoqda.

Touchline nashri ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar rahbariyati 28 yoshli ingliz futbolchisining klubda qolishidan manfaatdor.
Xabar qilinishicha, jamoa vakillari allaqachon futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan.

Biroq klublar o‘rtasidagi muzokaralar hali yakunlanmadi. “Manchester Yunayted” 30 million evroni tashkil etuvchi to‘liq tovon puli to‘lanishini talab qilmoqda va bu summa sotib olish optsiyasida ko‘rsatilgan.

O‘z navbatida, “Barselona” transfer qiymatini kamaytirish bo‘yicha kelishuvga erishishga harakat qilmoqda yoki futbolchini ijaraga muddatini uzaytirish variantini ko‘rib chiqmoqda.

Xabar qilinishicha, agar ingliz klubi bilan kelishuvga erishilmasa, kataloniyaliklar hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun muqobil variantlarni ham ko‘rib chiqmoqda.
“Barsa”ga ma’qul kelgan nomzodlar qatorida “Chelsi”ning 26 yoshli hujumchisi Pedru Netu va “Betis”ning 24 yoshli futbolchisi Abdu Ezzalzuli tilga olinmoqda.

Markus Reşfordning kelajagi bilan bog‘liq vaziyat yaqinlashib kelayotgan transfer oynasidagi asosiy mavzulardan biriga aylanishi mumkin, chunki “Barselona” keyingi mavsum oldidan hujum chizig‘ini kuchaytirish bo‘yicha ishlarga alohida e’tibor qaratmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!