
“Barsa”: Shu o‘yinchi kerak bo‘lsa 50 million sanang!
El Nacional nashrining xabar berishicha, “Barselona” qator klublar e’tiborida turgan niderlanliyalik yarim himoyachi Frenki De Yongni sotishga tayor va bu o‘yinchisining transfer summasini 50 million evro qilib belgiladi.
Mahoratli pleymeykerga asosiy davogar hisoblangan “Chelsi” uning transferini so‘rab, kataloniyaliklarga murojaat qilgan. Biroq “Barsa” rahbariyati “aristokratlar”ning 40 million evrolik taklifiga ko‘nmadi.
Frenki de Yongning klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmigacha davom etadi. Xavi Ernandes avvalgi bosh murabbiy Ronald Kuman katta ishonch bildirgan niderlandiyalik futbolchilarga suyanmasligini ma’lum qilgan.
Shu bois, katta umidlar bilan “Barselona”ga kelgan Frenki ham imkon qadar tezroq o‘ziga boshqa jamoa topishi kerak bo‘ladi.
Fikrlar