“Barsa”: Shu yulduzni olmasak bo‘lmaydi!

  • 07.11.2025 14:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona” rahbariyati ayni paytda “Marsel” safida to‘purarlik mahoratini namoyish qilayotgan angliyalik Meyson Grinvudni transfer qilishni mo‘ljallayapti.

Kataloniyaliklar skautlar Frantsiyaga kelib, “Marsel”ning “Gavr” bilan uchrashuvida Grinvudning o‘yinini sinchkovlik bilan kuzatib bordi.

Meyson bu bahsda raqiblar darvozasini to‘rt marotaba ishg‘ol qilib, marselliklarning 6:2 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.

 The Sun nashrining yozishicha, “Barselona” skautlarisha 24 yoshli futbolchining o‘yini har tomonlama ma’qul kelgan.

Aslida kataloniyaliklar2023 yilda Grinvudga qiziqish bildirgan edi. O‘shanda “Manchester Yunayted” bilan munosabatlari buzilgan hujumkor futbolchi ijara asosida “Xetafa”ga kelib, mazmunli o‘yin namoyish qilgandi.

“Marsel” rahbariyati Meyson Grinvudni “Manchester Yunayted”dan to‘liq transfer qilganidan keyin unga 2029 yilning yozigacha davom etadigan shartnoma bergan. Transfermarkt portali Mefsonni 40 million evroga baholayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!