“Barsa” sig‘dirmagan mashhur yulduzning keyingi manzili aniq
“Barselona” darvozasini o‘n yil davomida mahorat bilan qo‘riqlab kelgan mahoratli golkiper Mark-Andre ter Shtegen ayni paytda ancha qiyin davrlarni boshidan o‘tkazmoqda.
Kataloniyaliklarga Xans-Diter Flik bosh murabbiy etib tayinlangach, nemis posbonidan asosiy darvozabon maqomi olib qo‘yildi. Hozir “Barselona”da yozda olib kelingan Joan Garsiya birinchi raqamning haqiqiy egasi sifatida tan olingan. Uning o‘rinbosari vazifasini Voytsex Shchesni bajaryapti.
Mark-Andre ter Shtegen Germaniya terma jamoasidagi o‘rnini yo‘qotmaslik uchun muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi kerak. Shu bois, 33 yoshli golkiper boshqa klubga o‘tishi kutilyapti.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, kataloniyaliklar uni “Chelsi”ga ijaraga berish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Ular Mark-Andre ter Shtegenni keyinchalik 10 million evroga sotib olish huquqi bilan ijaraga jo‘natishga tayyor.
Fikrlar