
"Barsa" top futbolchini tekinga qo‘lga kiritish imkoniyatidan voz kechmoqchi
"Bavariya" himoyachisi David Alaba "Barselona" bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishuvga erisha olmayapti, deya xabar bermoqda Mundo Deportivo.
Futbolchi "ko‘k anor rangliklar"dan 10 million evroli maoshga ega kelishuv, shuningdek yozda erkin agentga aylanadigan Alaba "Barsa"ni tanlagani uchun bonus sifatida 15 million evro talab qilmoqda. Biroq kataloniyaliklar himoyachining shartlariga rozi bo‘lmadi.
"Barsa" xarajatlarni 300 million evrogacha qisqartish orqali moliyaviy muammolarni hal qilishga urinayotgani xabar qilingan edi, bunda katta ulush futbolchilarning maoshiga tushishi kutilmoqda.
Alabaga, shuningdek, "Real", PSJ va "Chelsi" klublari ham da’vogarlik qilishmoqda.
Fikrlar